Joriy yilning noyabr oyida mamlakatimizning 14 ta hududida ötkazilişi belgilangan mazkur yiğilişlar ilm-fan, adabiyot, san’at, ta’lim va madaniyat vakillarini ezgu maqsadlar atrofida birlaştirib, ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni va mas’uliyatini yanada oşirişga qaratilgan.
Jizzaxdagi yiğiliş millatimizning buyuk siymolariga ehtirom körsatişdan boşlandi.
Viloyat ziyolilari özbek adabiyoti va ma’naviyati rivojiga beqiyos hissa qoşgan atoqli davlat arbobi Şarof Raşidov, zabardast şoir Hamid Olimjon hamda vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya haykallari poyiga gulçambarlar qöyib, ularning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Yiğiliş davomida Yangi Özbekiston taraqqiyotida ziyolilarning örni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, jamiyatda ma’naviy muhitni yuksaltiriş, ilm-fan, ta’lim, adabiyot va madaniyat rivojiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube