«Ma’rifat haftaligi» doirasida Andijon viloyatining Baliqchi tumanida Vatan himoyasi yo‘lida jon fido etgan millat fidoyilarining xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi. Tashrif davomida davlat chegaralarida Vatan sarhadlarini himoya qilish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan jasur yurtdoshimiz xotirasi yod etildi.

Unda harbiy xizmatchilar va «Ma’rifat» targ‘ibotchilari ishtirok etib, qahramonning oila a’zolari bilan samimiy muloqot qildilar. Suhbat davomida uning Vatan oldidagi burchiga sadoqati, mardligi va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.

Bunday ezgu tashriflar qahramonlar xotirasini ardoqlash, ularning ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga yetkazish, farzandlar qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Vatan tinchligi va sarhadlar daxlsizligi yo‘lida jonini fido etgan insonlarning nomi hamisha e’zozda. Ularning jasorati avlodlar uchun mardlik va vatanparvarlik maktabidir.