Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ma’rifat haftaligi” doirasida san’at va madaniyat vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi.
Uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish, san’at va madaniyat vositasida insonlar ongi va qalbiga ta’sir ko‘rsatish, jamiyatda milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va milliy
o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar bilan muloqotda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, san’at va madaniyatning tarbiyaviy imkoniyatlarini keng qo‘llash hamda hududlarda ma’rifiy tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, san’at va madaniyat nafaqat estetik zavq manbai, balki inson qalbiga yo‘l topish, ezgu g‘oyalarni singdirish va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni qaror toptirishning muhim vositasidir.
Maqsad san’at va madaniyat salohiyatini ma’rifat yo‘lida birlashtirish, har bir uchrashuv orqali ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etish va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub