“Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zosi Mansur Yunusning hammuallifligida “Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi va axloqiy qiyofasi” nomli ilmiy monografiya naşrdan çiqdi.
Mazkur asarda davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, kasbiy mas’uliyati, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, xizmat odobi hamda davlat boşqaruvida rahbar madaniyatining örni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Monografiyada davlat xizmatchilarining qonuniylik, halollik, adolat, mas’uliyat va xalq manfaatlariga sadoqat tamoyillari asosida faoliyat yuritişi, boşqaruv jarayonida yuksak muomala madaniyatini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Uşbu ilmiy-ommabop asar davlat fuqarolik xizmatchilari, rahbar kadrlar, tadqiqotçilar hamda soha mutaxassislari uçun foydali nazariy va amaliy qöllanma bölib xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub