4–6-noyabr kunlari Buxoro viloyatida “O‘zbekiston – o‘z-o‘zimizniki!” shiori ostida “Ma’rifat haftaligi” hududlar kesimida tizimli davom etmoqda.

Haftalik doirasida Buxoro tumani Musiqa va san’at maktabida “Iste’dodlar davrasi” mahorat darsi tashkil etildi.Tadbirda iqtidorli yoshlar, xonandalar, sozandalar hamda ijodkorlar ishtirok etib, taniqli san’at namoyandalari bilan mahorat va tajriba almashdilar.

Ma’rifiy uchrashuvda "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti Javdat Po‘latov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Shuhrat Vohidov hamda “Ovoz” loyihasi ishtirokchisi, estrada xonandasi Sardor Shavkatov qatnashib, yosh ijodkorlarga o‘z tavsiyalari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.