Turkiyaning Yeni Konya nashrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda Turkiya Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro forum haqida maqola e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi adabiy, madaniy va ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Forum davomida ikki qardosh xalqning mushtarak qadriyatlarini adabiyot va san’at orqali yosh avlodga yetkazish, tarixiy xotirani asrab-avaylash, shuningdek, ma’rifat va ta’limning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik hamda hamjihatlikni mustahkamlashdagi o‘rni muhokama qilindi. Forum doirasida doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” asari taqdimotiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur forum O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy rishtalarni yanada mustahkamlash, adabiy-madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 Manba: Turkiyaning Yeni Konya nashri
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub