Til – millatning ruhi, tarixning sadosi va kelajakning poydevoridir.
O’zbek tili – asrlar davomida xalqimizning boy tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o’zida mujassam etib kelayotgan bebaho merosdir. Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarimiz o’z ijodi orqali ona tilimizning naqadar go’zal ekanini butun dunyoga namoyon etganlar.
📋 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Shu sababli har yili 21-oktabr — O’zbek tili bayrami sifatida nishonlanadi.
Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurg’on oynai hayoti til va adabiyotidur
Abdulla Avloniy
Barchangizni O’zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Ona tilimizni asrash, qadrlash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
✅Bizni kuzatishda davom eting!Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub