Trening va vebinarlar
"Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar
Mudofaa vazirligi tizimi ofitserlari uchun dolzarb trening mashgʻuloti o'tkazildi
"Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati tomonidan Mudofaa vazirligi tizimidagi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari uchun dolzarb va amaliy ahamiyatga ega trening mashgʻuloti o'tkazildi.
Amaliy Mashg'ulot
Trening doirasida “Davlat xizmatchilarining fuqarolar bilan ishlashda ma’naviy-axloqiy qiyofasi, korporativ madaniyat va shaxsiy mas’uliyat” mavzusida amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.
Mutaxassislar tomonidan berilgan ma’ruzalar, amaliy misollar hamda interaktiv muhokamalar orqali ishtirokchilarda mavzuga oid ma'lumotlar taqdim etildi. Bu kabi tadbirlar orqali harbiy xizmatchilar va davlat ofitserlarining fuqarolar bilan ishlashdagi ko'nikmalari yanada mustahkamlanmoqda.