🇺🇿“BIRLASHIB BUYUK TARIX YARATAMIZ”
🔹 Buxoro viloyatida “Birlashib buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida navbatdagi “Ma’rifat karvoni” o‘quv seminari tumanlar kesimida samarali o'tkazildi.
🔸Mazkur ma’rifiy tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan Buxoro shahar , G'ijduvon, Qorako'l va Olot tumanlarida tashkil etildi.
🔹Seminarda Respublika"Ma’rifat"targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova ishtirok etib, yig‘ilganlar uchun mazmunli trening o‘tkazdi.
🔸Trening davomida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, inson qadrini ulug‘lash, oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlikni qaror toptirish kabi muhim masalalar haqida fikr almashildi.
Ayniqsa, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning bilim va tafakkurini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakka daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Zero, jamiyat taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy yutuqlar, balki ma’naviy barkamol insonlar, mustahkam oilalar, sog‘lom muhit va ezgu maqsadlar yo‘lida birlashgan xalq bilan chambarchas bog‘liq.
🔸 Tadbirda keng jamoatchilik vakillari shuningdek, tumandagi maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi rahbar va xodimlar, mahalla yettiligi aʼzolari, Oqila ayollar harakati aʼzolari, faol nuroniylar ishtirok etdilar.
🔹 Bunday uchrashuvlar insonlarni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirish, ma’naviy immunitetni mustahkamlash va jamiyat hayotidagi muhim jarayonlarga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub