🇺🇿 Soliq qo‘mitasida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori Yusubov Jaloliddin Kadamovich hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Norqobilova Pardaxol Rahmatovna ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar tomonidan bugungi islohotlar faqat iqtisodiy yoki ijtimoiy o‘zgarishlar bilan cheklanib qolmasdan, jamiyatning dunyoqarashi, ma’naviy muhit va fuqarolik mas’uliyatining yuksalishiga ham xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning xalqimiz hayoti va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida atroflicha fikr yuritildi. Xususan, inson qadri, xalq farovonligi, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan yangilanishlarning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub