O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida Respublika targ‘ibotchilari tomonidan ilmiy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Otabek Almardonov tomonidan ma’ruza qilindi. Ma’ruzada tarixiy tafakkur, milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni kengaytirish hamda xodimlarning dunyoqarashini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda markaziy apparatning 20 nafar, tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 486 nafar xodim ishtirok etdi. Ilmiy-ma’rifiy seminar ishtirokchilar uchun tarixiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashish hamda kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub