🗣 Xalq banki markaziy apparatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

🗣 Seminarda "Maʼrifat" targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, tarix fanlari doktori F.Ernazarov hamda "Maʼrifat" targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori J.Yusupovlar soʻzga chiqib, Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida xodimlar bilan atroflicha fikr almashdilar.

🗣 Seminar yakunida ishtirokchilarga Prezidentimiz nutqida belgilangan vazifalarni chuqur o‘rganish, ularni o‘z faoliyatida samarali qo‘llash hamda xalqimizga sifatli va sidqidildan xizmat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub