🇺🇿 Farg’ona viloyati Dang‘ara, Yozyovon va Bog'dod tumanlarida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

🔷Seminarda tuman hududidagi ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uslubchilari, maktab maslahatchilari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔷Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, yurtimizning kelgusi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ustuvor vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

🔷Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan strategik vazifalarni aholiga sodda, tushunarli va xalqchil tilda yetkazish, amalga oshirilayotgan islohotlarning inson hayotidagi amaliy ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub