“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati xodimlari uchun Zomin tumaniga sayohat uyushtirildi
“Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati Kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirilga sayohat davomida jamoa vakillari Zominning betakror tabiati, so‘lim tog‘ manzaralari va musaffo havosidan bahramand bo‘lish bilan birga, hududning diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurdilar.
Shuningdek, sayohat davomida jamoa a’zolari o‘rtasida samimiy suhbatlar, do‘stona muloqotlar va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Birgalikda o‘tkazilgan mazkur vaqt jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlash, xodimlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qildi.
Bunday madaniy-ma’rifiy va sayohat tadbirlari xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub