🎗🎗🎗🎗
Bugun Anqara ijtimoiy fanlar universitetida “Bir ildiz, bir ma’rifat: О‘zbekiston — Turkiya dо‘stlik kо‘prigi” xalqaro forumi doirasida ilmiy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tadi.
Muloqot doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Xusanov tomonidan "Mustaqillik zafarnomasi" kitobi hamda doktor Kemal Yavuz Atamanning "Men tanigan О‘zbekiston" asarlari taqdimoti о‘tkaziladi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, tarix fanlari doktori Abduxalil Mavrulov “Madaniyatda milliy ruh masalasiga oid ayrim fikrlar”, tarix fanlari bо‘yicha falsafa doktori Bekzod Abdirimov “О‘zbekiston — Turkiya: tarixiy xotira, madaniy mushtaraklik va strategik hamkorlik” mavzularida ma’ruza qiladi.
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori (DSc) Ilhom Suvonov “Ma’rifat va ta’lim — О‘zbekiston va Turkiya xalqlarini yaqinlashtiruvchi kо‘prik”, falsafa fanlari doktori, shoira Sayyora Tо‘ychiyeva esa “Adabiyot va san’at — xalqlar dо‘stligi va madaniy muloqot vositasi” mavzularida ma’ruza qiladi.
Tadbir yakunida ijtimoiy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ilmiy, madaniy va ma’rifiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|YouTub