Unda turkiy davlatlar о‘rtasida ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, olimlar о‘rtasida ilmiy va ijodiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda Anqara davlat ijtimoiy fanlar universiteti о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat о‘zbek va turk olimlari о‘rtasida doimiy muloqotni yо‘lga qо‘yish, ma’rifiy institutlar о‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy sohalarda qо‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Anjuman doirasida “Yangi О‘zbekiston zafarnomasi” kitobi hamda doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan О‘zbekiston” asari taqdimoti bо‘lib о‘tdi. Muallif tadbir ishtirokchilariga о‘z dastxati bilan imzolangan kitoblarni taqdim etdi hamda asar nusxalarini universitet fondiga sovg‘a qildi. Uchrashuvda olimlar va ijodkorlarning ma’ruzalari, shuningdek, badiiy chiqishlar tinglandi.
Mazkur muloqot О‘zbekiston va Turkiya о‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada rivojlantirish, olimlar о‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|YouTub