Sayyora Samandarova,
"Ma’rifat " targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi
О‘zbekiston Respublikasining "Bolalarni zо‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida" gi Qonuni meni ayol, ona, buvi, ziyoli bir inson sifatida qalbimni junbushga keltirdi. Boisi, biz shu darajaga yetdikmi, bolalarimizni zо‘ravonlikdan himoya qilish uchun Qonun kerak bо‘ladigan jamiyatga aylandikmi, degan mulohaza menga tinchlik bermayapti, azizlar.
Xalqimizning azal-azaldan bolajonligi, mehribonligi, jonfidoligi tillarda, ellarda tan olingan, doston bо‘lgan, tarannum etilgan. Nafaqat о‘zining, balki begonaning bolasini ham о‘z bolasidek ardoqlaydigan xalq biz emasmidik? О‘zining bolasidan ortib, о‘zganing ham bolasiga mehr bera oladigan tanti, mard, qalbidaryo xalq biz emasmidik?
Afsus, ming afsuski, bugun bolalarga nisbatan atrofimizda rо‘y berayotgan zо‘ravonlikni kо‘rib kо‘rmaslikka, bilib bilmaslikka hech birimizning haqqimiz yо‘q!
Yaratganning ne’mati ila dunyoga kelgan bolalarga nisbatan zо‘ravonlikkka toqat qilib bо‘lmaydi aslo!
🔸Batafsil
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube