Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida Respublika miqyosida “IJTIMOIY G‘OYALAR FORUMI” о‘tkaziladi.
Forumning asosiy maqsadi — ziyolilar, olimlar, soha mutaxassislari va faol fuqarolarning jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash hamda ularni amaliy loyihalarga aylantirishdan iborat.
Takliflar joriy yil 1-dekabrga qadar ta’lim, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat, ekologiya, mahalla va oila, milliy qadriyatlar, media hamda xalqaro hamkorlik yо‘nalishlarida qabul qilinadi.
Saralangan tashabbuslar mutaxassislar ishtirokida takomillashtirilib, ular asosida “Ijtimoiy g‘oyalar banki” shakllantiriladi.
Eng yaxshi loyihalarni amalga oshirishga kо‘maklashiladi. Forum natijalari joriy yil dekabr oyida e’lon qilinadi.
Taklif va tashabbuslaringizni quyidagi bot orqali yuboring: https://t.me/ijtimoiy_marifatbot
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub