Samarqand viloyatida “O‘zbekiston – o‘zimizniki!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat haftaligi” doirasida Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boshqarmasiga qarashli harbiy qismda “Vatan posbonlari – yurt kelajagi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari – falsafa fanlari doktori Jonibek Jumayev, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Shuhrat Vahidov, taniqli aktrisa Odina Abdurahmonova, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandasi Gulbahor Erqulova ishtirok etib, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar, ma’naviyat va insoniy fazilatlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar harbiy xizmatchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Vatan himoyachilarining ma’naviyati yuksak, dunyoqarashi keng bo‘lishi yurt tinchligi va taraqqiyotining muhim omilidir.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube