Buxoro viloyatida ötkazilayotgan “Ma’rifat haftaligi” doirasida Buxoro davlat universitetida “Uyğoq idrok” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi.
Unda “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Şermuhammedova, Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği Farxod Qobilov, falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Maftuna Namozova, Din işlari böyiça qömita mas’ul xodimi Jahongir Meliqöziyev hamda viloyat hokimligi mas’ul xodimi Umidjon Qurbonov iştirok etdi.
Suhbat davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, diniy bağrikenglik, axborot madaniyati, internetdan oqilona foydalaniş, yoşlarni turli yot ğoyalar va zararli axborot ta’siridan himoya qiliş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, bugungi axborot makonida mustaqil fikrlaş, voqea-hodisalarga tanqidiy yondaşiş va mafkuraviy immunitetni mustahkamlaşning ahamiyati haqida söz yuritildi.
Oçiq muloqot şaklida keçgan uçraşuvda talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. Bunday uçraşuvlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, axborot xurujlariga nisbatan ongli munosabatni şakllantiriş va ijtimoiy faolligini oşirişga xizmat qiladi.