Samarqand viloyatida davom etayotgan “O‘zbekiston — o‘z-o‘zimizniki!” shiori ostidagi “Ma’rifat haftaligi” doirasida “Ipak yo'li” xalqaro turizm va Madaniy meros universitetida “Uyg‘oq idrok” loyihasi tashkil etildi.
Tadbirda siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Bektosh Berdiyev, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakili Jonibek Jumayev hamda falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD) Maftuna Namoza ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shuhrat Vohidov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Muloqot davomida yoshlarning mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, diniy bag‘rikenglik, axborotdan foydalanish madaniyati, internet makonidagi turli mafkuraviy tahdidlarni anglash va ularga nisbatan mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik hamda axborot madaniyatini yuksaltirishdan iborat. Uchrashuv davomida internet makonidagi turli axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish, zararli g‘oyaviy ta’sirlarga berilmaslik, yot qarashlarga nisbatan mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube