“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi
Gulnoz Radjabova:
Inson uchun ona tili - aziz va qadrli ne’matlardan biri. Chunki til — insonning о‘zligini anglashi, dunyoqarashi, tafakkuri va ma’naviy olamini ifoda etish vositasidir. Millatning tarixi, urf-odatlari, an’analari, orzu-intilishlari va asrlar davomida shakllangan ma’naviy tajribasi, avvalo, uning tilida mujassam bо‘ladi.
Shu ma’noda, о‘zbek tili — xalqimizning beqiyos ma’naviy boyligi, milliy о‘zligimizning muhim belgisi va avlodlarni avlodlarga bog‘lab turuvchi bebaho ma’naviy kо‘prikdir.
21-oktabr — О‘zbek tili bayrami kuni sifatida xalqimiz hayotida alohida ma’naviy ahamiyatga ega. Bu sana nafaqat ona tilimizga bо‘lgan hurmat va ehtiromni ifoda etadi, balki har bir yurtdoshimizni о‘z tiliga munosabati, uni asrash va rivojlantirish borasidagi mas’uliyati haqida mushohada yuritishga undaydi.
🔸Batafsil
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube