USTOZLARGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
🖼Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ehtirom” loyihasi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur tashabbus Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining bir guruh a'zolari, nuroniy ustozlar, ziyolilar va olimlarning holidan xabar olish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ma’naviyat va ma’rifat sohalaridagi ko‘p yillik samarali va beminnat mehnatlari bayram munosabati bilan e’tirof etish ko‘zda tutilgan.
🖼Bu orqali ustoz va ziyolilarning jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash, ilm-fan va ma’rifatni rivojlantirishdagi ko‘p yillik xizmatlariga yuksak hurmat va ehtirom ifodalanadi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub