🇺🇿 “Toshshahartransxizmat” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘quv seminari o'tkazildi.
👍 Seminarda “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros” mavzusida Prezident Akademiyasi mas’ul xodimi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yunusov Mansur Abdullayevich hamda “Inson qadri — 35 yillik islohotlarning o‘lchovi: erkinlik, bilim, sog‘lik va yoshlar” mavzusida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Norqobilova Pardaxol Raxmatovna ma’ruza qildi.
👍 Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan videorolik hamda “O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan” videoklipi namoyish etildi.
👍 O‘quv seminari mazmunli va manfaatli o‘tib, unda ishtirok etgan xodimlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlar, ma’naviy meros hamda Uchinchi Renessans g‘oyasining mazmun-mohiyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub