🇺🇿 “O‘zmilliybank” xodimlari ishtirokida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari — falsafa fanlari doktori (DSc), professor Jaloliddin Yusubov hamda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Eshmurod Raximov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga jamiyat taraqqiyoti, ma’naviy-ma’rifiy masalalar hamda zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga oid dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.
Mazkur ilmiy-ma’rifiy tadbir xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yanada oshirish hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun xizmat qildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub