🇺🇿 VATAN VA XALQ XIZMATIDA: IBRATLI HAYOT YO‘LLARI
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizning ibratli hayot yo‘lini keng targ‘ib etish, ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasini yosh avlodga namuna sifatida yetkazish maqsadida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv doirasida yuksak davlat mukofotlari, orden va medallar sohibi bo‘lgan institut professor-o‘qituvchilari Avaz Mansurov, Yunus Turayev, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Mansur Toshmatov, Arsen Nazaryan, Rasul Abdullayev, Sevara Tulanova, O‘tkir Abdullayev, Nilufar Tolipova, Sayyora Abdusattarova, Dilmurod Boybabayev hamda Sherzod Umarov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida mustaqillik yillarida yurtimiz taraqqiyotiga o‘zining fidokorona mehnati, iste’dodi, bilim va salohiyati bilan munosib hissa qo‘shgan, Vatanga sadoqati va xalq xizmatidagi faoliyati bilan yuksak natijalarga erishgan yurtdoshlarimizning hayot va ijodiy faoliyati haqida fikr almashildi.
Ularning mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati, xalq va Vatan oldidagi mas’uliyati, shuningdek, milliy san’at va madaniyat rivojiga qo‘shgan munosib hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Ayniqsa, yuksak davlat mukofotlari bilan e’tirof etilgan san’atkor va ijodkorlarning hayot yo‘li, kasbiy faoliyati va erishgan yutuqlari yosh avlod uchun muhim ibrat maktabi ekani ta’kidlandi. Ularning ijodga bo‘lgan sadoqati, izlanishi, mehnati va Vatan ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usi yoshlarni o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashishga, doimo izlanish va rivojlanishga undashi qayd etildi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ana shunday ibratli hayot yo‘llarini talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning ijodiy va kasbiy faoliyatini o‘rganish hamda yosh avlodga yetkazishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida Vatan va xalq xizmatida munosib faoliyat olib borgan, yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan ustoz va san’atkorlarning hayot hamda ijod yo‘lini o‘rganish, ularning boy tajribasini yosh avlodga yetkazish, talaba-yoshlarni fidoyilik, mehnatsevarlik, kasbga sadoqat va yurt ravnaqiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub