🇺🇿 Sirdaryo viloyati tumanlarida “Ma’rifat karvoni” loyihalari o'tkazilmoqda

Guliston tumanidagi Madaniyat markazida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbiri tashkil etildi.

Ma’rifat va ma’naviyatni jamiyat hayotining muhim mezoniga aylantirish, inson qadrini ulug‘lash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan mazkur uchrashuv mazmunan boy va samimiy ruhda o‘tdi.

Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va jamiyat taraqqiyotida ma’rifatning beqiyos o‘rni haqida fikr almashildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub