Mamlakatimizda sud-huquq tizimini takomillaştiriş, qonun ustuvorligini ta’minlaş va fuqarolarning odil sudlovga bölgan işonçini mustahkamlaş yönalişida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Biroq har qanday islohotning haqiqiy natijasi nafaqat qabul qilingan qonunlar, balki ularning insonlar hayotidagi amaliy ifodasi va jamoatçilik işonçi bilan ölçanadi.
Progressiv islohotlar markazi tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar sud-huquq sohasida ijobiy özgarişlar bilan birga, yeçimini kutayotgan muhim masalalar ham mavjudligini körsatmoqda. Xususan, Jahon bankining qonun ustuvorligi körsatkiçida Özbekiston 100 balldan 48,1 ball, World Justice Project indeksida esa 143 davlat orasida 81-örinni egallagan. Bu körsatkiçlar islohotlar natijalarini yanada açiq va işonçli dalillar orqali jamoatçilikkа yetkaziş zarurligini körsatadi.
Bizningça, bugungi tarğibotning asosiy vazifasi islohotlarni şunçaki tushuntiriş emas, balki odamlarni tinglaş, ularning savollariga aniq dalillar bilan javob beriş va jamoatçilik bilan işonçli muloqotni yölga qoyişdir. Bunda yoşlar uçun ijtimoiy tarmoqlar va qisqa videomateriallar, katta yoşdagi aholi uçun esa mahallalarda huquqşunoslar iştirokidagi açiq uçraşuvlar samarali vosita bölişi mumkin.
“Ma’rifat haftaligi” doirasidagi muloqotlarda ham aynan şu yondaşuvga ustuvor ahamiyat beriş zarur. Çunki aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, islohotlar mazmunini hayotiy misollar orqali yetkaziş va fuqarolarning fikrlarini örganiş jamiyat bilan davlat örtasidagi muloqotning muhim şartidir.
Eng asosiysi, islohotlar samaradorligini ötkazilgan tadbirlar yoki e’lon qilingan axborotlar soni bilan emas, balki odamlarning işonçi, murojaatlariga berilgan javoblar va muammolarning amaliy yeçimi bilan baholaşimiz kerak.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub