Bugungi kunda insonning madaniyati nafaqat kundalik hayotdagi muomalasida, balki uning internetdagi xatti-harakatlarida ham namoyon böladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarimiz, yozişmalarimiz va boşqalarga munosabatimiz raqamli odobimizni belgilaydi.
Raqamli odob nima?
Bu — internetdan foydalanişda hurmat, mas’uliyat va axloq me’yorlariga rioya qilişdir. Boşqalarning fikrini hurmat qiliş, haqoratli izohlardan tiyiliş, şaxsiy yozişmalarni ruxsatsiz tarqatmaslik va bahs-munozaralarda odobni saqlaş raqamli madaniyatning muhim qoidalaridir.
Unutmang:
– Ekran ortida ham haqiqiy inson bor.
– Har bir izoh va xabar boşqalarning kayfiyati hamda şa’niga ta’sir qilişi mumkin.
– Boşqalarning şaxsiy çegaralarini hurmat qiliş internetda ham muhim.
– Fikr bildiriş erkinligi boşqalarni haqorat qiliş huquqini bermaydi.
🌐 Raqamli makondagi madaniyat — insonning içki madaniyati va mas’uliyatining aksidir. Internetni yanada xavfsiz, samimiy va ma’rifatli makonga aylantiriş har birimizning qölimizda.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub