Fahritdin Asqarov,
University of Business and Science birinchi prorektori, professor, "Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi
Til – insonning o‘zligini anglashiga, xalqning tarixiy xotirasini saqlashiga va jamiyatning ma’naviy taraqqiyotiga xizmat qiladigan bebaho qadriyatdir. U shunchaki fikr almashish vositasi emas, balki xalqning asrlar davomida shakllangan dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, orzu-intilishlari va ma’naviy olamini o‘zida mujassam etgan noyob hodisadir. Shu ma’noda, o‘zbek tili xalqimizning milliy o‘zligini namoyon etuvchi, tarixiy xotirasini avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi hamda kelajagini bunyod etishga xizmat qiluvchi ulkan ma’naviy boylikdir.
Har yili 21-oktabrda nishonlanadigan O‘zbek tili bayrami kuni ona tilimizning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rnini, milliy taraqqiyotimizdagi ahamiyatini yana bir bor chuqur anglashga undaydi. Bu sana tilimizga bo‘lgan hurmatni ifodalash bilan birga, uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga boyitilgan holda yetkazish mas’uliyatini ham eslatadi.
🔸Batafsil
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub