Sanjar Sobirjonov, "Ma'rifat"  tarğibotçilar jamiyati a'zosi, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori:
Bugungi globallaşuv davrida jamiyatning ertangi kuni, avvalo, qanday avlodni tarbiyalayotganimizga boğliq. Ma’rifatli bola, bilimli va tafakkuri keng yoş avlodni voyaga yetkaziş esa oiladan, eng avvalo, onaning tarbiyasi va şaxsiy namunasidan boşlanadi. Zero, ona farzandiga nafaqat odob-axloqni, balki hayotga munosabatni, kitobga mehrni, ilm olişga intilişni ham singdiradi. Ma’rifatli ona tarbiyalagan farzandning dunyoqaraşi keng, fikri teran, maqsadi aniq böladi. Şu ma’noda, oiladagi ma’naviy muhit jamiyat taraqqiyotining eng muhim poydevoridir.
Kitobxonlik masalasiga kelsak, bu faqat Özbekistonga xos qadriyat yoki tarğibot yönalişi emas. Dunyoning barça rivojlangan mamlakatlarida kitob öqiş, mutolaa qiliş, ilmga intiliş yuksak qadrlanadi. Çunki kitob insonning tafakkurini boyitadi, fikrlaş doirasini kengaytiradi, voqea-hodisalarga mustaqil baho beriş qobiliyatini şakllantiradi. Kitob öqigan inson tayyor fikrlar bilan yaşamaydi, izlanadi, tahlil qiladi, xulosa çiqaradi. Bugun dunyoda ilm-fan, iqtisodiyot va texnologiyalar rivojiga yöl oçayotgan insonlarning aksariyati muntazam mutolaa qiladigan, bilimini doimiy ravişda oşirib boradigan kişilardir.
Men köpinça bir fikrni ta’kidlayman: dunyoni kitob öqiganlar boşqaradi. Çunki bugungi raqobat davrida kuç faqat moddiy imkoniyat yoki lavozim bilan belgilanmaydi. Asosiy kuç — bilim, tafakkur, intellektual salohiyat va yangilik yaratiş qobiliyatida. Kitob insonni ana şu fazilatlarga yetaklaydi. Ayniqsa, yoşlarimizni bolalikdan kitobxonlikka örgatiş, ularda mutolaa madaniyatini şakllantiriş ota-onalar, pedagoglar va butun jamiyatning muhim vazifasidir.
“Ma’rifat haftaligi” doirasida taşkil etilayotgan uçraşuv va tadbirlarning ahamiyati ham aynan şunda. Bunday muloqotlar insonlarni fikrlaşga, öz ustida işlaşga, ilm va ma’rifatning hayotimizdagi örnini çuqurroq anglaşga undaydi. Yangi Özbekistonning kelajagi bilimli, ma’rifatli, mustaqil fikrlaydigan yoşlar qölida. Biz farzandlarimizga şunçaki kitob sovğa qiliş bilan çeklanmasligimiz, avvalo, özimiz kitob öqib, ularga namuna bölişimiz kerak. Zero, kitobxon oilada tafakkurli avlod, tafakkurli avlod bor joyda esa taraqqiyot va yuksaliş böladi.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub