🔵“Ma’rifat haftaligi” doirasida ijtimoiy-ma’rifiy loyihalarni taşkil etiş
2026-yilning oktabr–dekabr oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida “Ma’rifat haftaligi” doirasida olimlar, ziyolilar, şoir va yozuvçilar, san’atkorlar iştirokida mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va taşkilotlarda aholi bilan bevosita muloqotlar, ijodiy uçraşuvlar hamda keng kölamli ijtimoiy-ma’rifiy loyihalarni amalga oşiriş.
🔵Yoş tarğibotçilar taşabbuskorlikni kuçaytiriş
Jamiyatga bilimli va taşabbuskor yoşlarni jalb etiş, “Ustoz–şogird” tizimini rivojlantiriş, yoş tarğibotçilar zaxirasini şakllantiriş. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolligini kuçaytiriş, ilğor ğoyalari va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda faol tarğibotçilarni rağbatlantiriş.
🔵“Ijtimoiy ğoyalar forumi”ni taşkil etiş
Hamkor taşkilotlar bilan birgalikda “Ijtimoiy ğoyalar forumi”ni ötkaziş, olimlar, ziyolilar va faol fuqarolarning ta’lim, ilm-fan, madaniyat, ekologiya, oila va mahalla hamda boşqa yö­nalişlardagi taşabbuslarini saralaş, amaliy loyihalarga aylantiriş va “Ijtimoiy ğoyalar banki”ni şakllantiriş.
🔵 Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni raqamlaştiriş va samaradorligini baholaş
Jamiyat a’zolarining elektron bazasini yaratiş, hududiy tarğibot işlarini rejalaştiriş va monitoring qiliş uçun maxsus raqamli platforma işlab çiqiş. Platformada faoliyat natijalarini yagona mezonlar asosida baholaş va elektron reyting tizimini joriy etiş.
🔵 Yoşlar parlamenti bilan 2027-yilgi hamkorlik loyihalarini işlab çiqiş
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti bilan hamkorlikda yoşlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, huquqiy madaniyati va taşabbuskorligini oşirişga qaratilgan qöşma loyihalar paketini şakllantiriş.
🔵 Jamiyatning taşkiliy tuzilmasini takomillaştiriş
Jamiyatning taşkiliy tuzilmasini qayta körib çiqiş, strategik rejalaştiriş, ilmiy-uslubiy ta’minot, hududlar bilan işlaş, xalqaro hamkorlik va media yö­nalişlarini kuçaytiriş. Tarkibiy bölinmalar vazifalarini aniqlashtiriş va ijro nazoratini takomillaştiriş.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub