Toşkent viloyati Parkent tumanida joylaşgan Qöşçinor maʼrifat markazida “Maʼrifat haftaligi” doirasida “Yoşlar va ziyolilar” uçraşuvi bölib ötdi.
Unda “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzolari — filologiya fanlari nomzodi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir Dilşod Rajabov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoira Faroğat Xudoyqulova, estrada xonandalari Alişer Rözmetov va Tölqin Fayziyev, şuningdek, ziyolilar, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Uçraşuv davomida yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oşirilgan islohotlar, maʼnaviyat va maʼrifatning jamiyat hayotidagi örni, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalariga eʼtibor qaratildi.Tadbirning eng samimiy lahzalaridan biri maktab öquvçilarining ijodiy çiqişlari böldi. Yoş ijodkorlar özlari yozgan şeʼrlarini mehmonlar eʼtiboriga havola etib, ustozlardan ijodiy tavsiya va maslahatlar oldilar. Şuningdek, Vatan madhiga bağişlangan şeʼrlarni imkon qadar köproq va töxtamasdan aytiş böyiça bellaşuvlar bölib ötdi.
Şoir va ijodkorlar bilan samimiy muloqot, milliy kuy-qöşiqlar hamda badiiy çiqişlar bilan davom etgan uçraşuv iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Bundan taşqari, taniqli estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qöşiqlar tadbirga yanada kötarinki ruh bağişlab, iştirokçilarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub