🎭 2026-yil 28-oktabr kuni Navoiy viloyat bolalar qöğirçoq teatrida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoşlar uchun “Qasamyod” spektakli namoyiş etiladi.
Mazkur sahna asari tarixçi olim Bahrom Irzayevning “Germaniyada ta’lim olgan Turkiston yoşlari” kitobi asosida sahnalaştirilgan bölib, ötgan asrning 20-yillarida “Kömak” uyuşmasi orqali Germaniyaga tahsil oliş uchun yuborilgan Turkiston yoşlarining murakkab va fojiali taqdirini aks ettiradi.
Spektaklda ilm-ma’rifatga intilgan, yurtining kelajagi va xalqining ravnaqi yölida öz hayotini bağişlaşga tayyor bölgan Turkiston yoşlarining orzu-intilişlari, Vatanga muhabbati, milliy istiqlol ğoyalariga sadoqati hamda ular duç kelgan tarixiy sinovlar badiiy talqin etiladi.
Namoyişdan közlangan asosiy maqsad — talaba-yoşlarda tarixiy xotirani mustahkamlaş, milliy özlikni anglaş, ajdodlarimizning ilm va taraqqiyot yölidagi fidoyiligini teran his etiş, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyğularini yukşaltirişdan iborat.
“Qasamyod” spektakli orqali yoşlarni tariximizning murakkab sahifalaridan saboq çiqarişga, tinçlik va mustaqillik qadrini anglaşga, bilim va tafakkur bilan yurt ravnaqiga munosib hissa qöşişga undaş közda tutilgan.
Sahna asari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hamkorligida tayyorlangan.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub