“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yuksaltirish, ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
13-oktabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ustuvor g‘oyalar, ezgu tashabbuslar hamda ularning mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilishga bag'ishlangan seminarda Jamiyat markaziy apparati va hududiy korxonalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni, ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda har bir soha vakilining umumiy taraqqiyotga qo‘shadigan hissasi yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a’zosi Eshmurod Rahimov o‘z ma’ruzalarida Prezident nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash, inson qadrini ulug‘lash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilish masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizning uch ming yillik tarixiy ildizlari, milliy o‘zlik, boy ma’naviy meros hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning izchil taraqqiyoti, shuningdek, xalqimizning boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va o‘zligini aks ettiruvchi videomateriallar namoyish etildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub