Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning samarasi nafaqat qabul qilinayotgan qarorlar, balki har bir fuqaro, ayniqsa, davlat xizmatçilarining yurt taqdiriga daxldorlik hissi va mas’uliyatiga ham boğliq. Davlatimiz rahbari ilgari surgan «ÖZ» ğoyasi — Özbekiston, özgariş, özlik va mas’uliyat tuşunçalarini mujassam etgan holda, har bir insonda «Bu yurt, bu jamiyat, bu islohotlar — özimniki» degan qaraşni şakllantirişga xizmat qiladi.
Mazkur ğoyaning mazmun-mohiyatini anglaşda milliy özlikni anglaş, Vatan bilan faxrlaniş, öz mas’uliyatini his qiliş, özgalarni qadrlaş va yurt taraqqiyotiga hissa qöşiş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy qadriyatlar, ona tili va tarixga hurmat, inson qadrini uluğlaş hamda halol mehnatga asoslangan jamiyatgina islohotlarning mustahkam ma’naviy tayançi böla oladi.
Ayniqsa, tuman hokimligi tizimidagi taşkilotlar rahbarlari va mas’ullari faoliyatida «ÖZ» ğoyasi amaliy natijalarda namoyon bölişi zarur. Fuqarolar murojaatlariga befarq bölmaslik, mahallalar muammolini hal etişda taşabbus körsatiş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, yoşlarga imkoniyat yaratiş va har bir vazifaga şaxsiy mas’uliyat bilan yondaşiş — ğoyaning hayotiy ifodasidir. Zero, islohotlar har birimiz uçun öz işimiz, öz burçimiz va öz kelajagimizga daxldor jarayonga aylangandagina kutilgan natijani beradi.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube