XX asr boşlarida jadidlar jamiyatni özgartiriş uçun faqat maktab va matbuotning özi yetarli emasligini angladilar. Teatr ham xalq ongiga ta’sir körsatadigan kuçli ma’rifiy vosita bölişi mumkin edi.
Jadidlar sahna orqali öşa davr jamiyatidagi muammolarni körsatişga, odamlarni ilm olişga, savodli bölişga va yangiça fikrlaşga undaşga harakat qilganlar.
🎭Teatrning afzalligi şundaki, murakkab ijtimoiy ğoyalarni oddiy tomoşa orqali keng auditoriyaga yetkaziş mumkin edi. Tomoşabin sahnada öz hayotiga öxşaş voqealarni körar, qahramonlarning xatolari va tanlovlari orqali muayyan xulosaga kelardi.
📚 Mahmudxöja Behbudiyning “Padarkuş” dramasi bunga yorqin misol böla oladi. 1911-yilda yozilgan uşbu asarda jaholat, tarbiyasizlik va ta’limning yetişmasligi kabi muammolar kötarilgan. Asarning asosiy ğoyalaridan biri — farzand tarbiyasi va ta’limiga beparvolik jamiyat uçun oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligi edi.
✨ Bugungi kunda ham san’at va teatr jamiyatdagi muhim masalalarni muhokama qiliş, turli qaraşlarni körsatiş va insonni fikrlaşga undaşda muhim rol öynaydi.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube