Hoji Muin Şukrullo öğli – Samarqand jadidçilik harakatining faol vakillaridan biri, ma’rifatparvar, pedagog va jurnalist edi.
U öz faoliyatini xalqni ilm-ma’rifatga çorlaş, zamonaviy ta’limni rivojlantiriş va jamiyatdagi muhim masalalarni yoritişga bağişlagan. Hoji Muin matbuot orqali ham xalqning dunyoqaraşini kengaytiriş va milliy ongini oşirişga intilgan.
“Millat taraqqiyoti maktabdan boşlanur.”
– Hoji Muin
📌Hoji Muin Nahif (Ojiz) va Mehriy taxalluslari bilan şe’rlar yozgan. Şe’rlarida ilm olişning ahamiyati, jamiyatdagi illatlar, ijtimoiy va siyosiy masalalar yetakçilik qilgan. Jumladan, XX asr boşlarida Turkiston jamiyatida tobora ildiz otib borayotgan poraxörlik illati haqida Mulla Junbul taxallusi bilan bir neçta şe’rlar yozgan. “Maşrab” jurnalining 1924-yil 15-sonida “Xizmatlarim”, 1925-yil 16-sonida “Pora ber” şe’rlari çop qilingan.
Ma’rifat faqat kitob öqiş emas. Insonning dunyoni anglaşga, savol berişga va jamiyatdagi özgarişlarda faol iştirok etişga intilişidir.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube