Globallaşuv jarayonlari tobora jadallaşib, axborot oqimi inson tafakkuri va dunyoqaraşiga kuçli ta’sir körsatayotgan bugungi davrda yoşlar qalbini pok, fikrini teran va e’tiqodini mustahkam saqlaş nihoyatda muhim. Çunki yoş avlod turli ğoyalar, yot qaraşlar va ma’naviy tahdidlar ta’siriga eng tez beriluvçan qatlam hisoblanadi. Şu bois ularning qalbida milliy qadriyatlar, ezgulik, mehr-oqibat va Vatanga muhabbat tuyğularini mustahkamlaş barçamizning muhim vazifamizdir.
Yoşlarni yot ğoyalardan himoya qiliş faqat taqiqlar bilan emas, balki ularga töğri tarbiya, mustahkam bilim va soğlom dunyoqaraş beriş orqali amalga oşiriladi. Biz yoşlarning qalbiga ezgulik uruğini qadaşimiz, ularni yaxşilikka boşlaydigan ma’naviy muhitni yaratişimiz kerak. Zero, qalbi pok, tafakkuri erkin va ma’naviyati yuksak yoşlar har qanday zararli ğoyaga qarşi mustahkam immunitetga ega böladi.
Eng muhimi, yoşlarimizni şunçaki zamonaviy bilimlar bilan qurollantiriş emas, balki ularning insoniylik fazilatlarini, vijdonini, or-nomusini va qalb pokligini asrab-avaylaşimiz lozim. Çunki kelajak faqat bilimli yoşlar qölida emas, balki qalbi uyğoq, ma’naviyati boy va ezgu maqsadlar bilan yaşaydigan avlod qölida bunyod etiladi. Bizning eng katta vazifamiz — yoşlar qalbini asraş, ularni ezgulik yölidan oğişmaydigan insonlar etib tarbiyalaşdir.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub