🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etdi.
👍 Seminarda Agentlik markaziy apparati xodimlari hamda tizimdagi ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari ishtirok etdi.
👍 O‘quv-seminarda Vatan universiteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori, falsafa fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jaloliddin Yusubov ma’ruza qildi. Unda davlatimiz rahbari nutqida ilgari surilgan ustuvor g‘oya va tashabbuslar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yoshlar tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub