Davlat boşqaruvi tizimida davlat xizmatçisi imiji PR strategiyalarining muhim tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Global boşqaruv amaliyotida davlat xizmatçisi faqat ma’muriy funksiyalarni bajaruvçi şaxs emas, balki davlat va jamiyat örtasidagi kommunikasion köprik, işonçli axborot manbai hamda davlat siyosatining amaliy ifodalovçisi sifatida baholanadi. Şu nuqtai nazardan, davlat xizmatçisi imijini şakllantiriş va boşqariş davlat institutlariga nisbatan jamoatçilik işonçini mustahkamlaş, oçiqlikni ta’minlaş va samarali kommunikatsiya muhitini yaratişning strategik vositasi hisoblanadi.
Xalqaro tajribalar şuni körsatadiki, davlat xizmatçisi imiji uning professional kompetensiyasi, axloqiy mas’uliyati, kommunikasion madaniyati va fuqarolar bilan muloqot qiliş qobiliyati orqali şakllanadi. PR strategiyalari doirasida bu imijni rivojlantiriş “public service motivation”, “ethical governance”, “transparent administration” kabi konsepsiyalar bilan uzviy boğliq holda amalga oşiriladi. Natijada, davlat xizmatçisi imiji nafaqat içki boşqaruv samaradorligini oşiradi, balki davlatning umumiy imiji va xalqaro nufuzini mustahkamlovçi muhim omil sifatida namoyon böladi.
Batafsil UzA.uz da
✅Bizni kuzatişda davom eting!Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube