Buxoro qadimdan ilm, ma’rifat va ma’naviyat markazlaridan biri sifatida tanilgan. Bu zamin bilan boğliq buyuk allomalar va avliyolar merosi xalqimizning ma’naviy hayotida muhim örin tutadi.
Buxoroning yetti piri – tasavvuf va Naqşbandiya an’analarining yirik namoyandalari sifatida e’zozlanadi:
1. Xoja Abdulxoliq Ğijduvoniy
2. Xoja Orif Revgariy
3. Xoja Mahmud Anjir Fağnaviy
4. Xoja Ali Romitaniy
5. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy
6. Xoja Sayyid Amir Kulol
7. Xoja Bahouddin Naqşband
Ularning ta’limotida ilm, halollik, mehnat, kamtarlik, insonparvarlik va poklik kabi qadriyatlar alohida örin egallagan.
💭 Bugun bundan qanday saboq olishimiz mumkin?
Zamon özgargani bilan insonning ma’naviy kamolotga bölgan ehtiyoji özgarmaydi. Yetti pir merosi bizga bilim oliş bilan birga halol mehnat qiliş, insonlarga yaxşilik qiliş va öz ustimizda işlaş muhimligini eslatadi.
📖 Buxoro — ilm va ma’rifat beşigi. Uning yetti piri esa bu buyuk ma’naviy merosning yorqin timsollaridan biridir.
✅Bizni kuzatişda davom eting!Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube