“Ma’rifat haftaligi” doirasida Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bayroq marshi” tashkil etildi.
Tadbirda yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda faol fuqarolar ishtirok etib, qo‘llarida Vatanimiz ramzi — Davlat bayrog‘ini baland ko‘targan holda shahar ko‘chalari bo‘ylab tantanali yurish qildilar. Marsh ko‘tarinki kayfiyat, jo‘shqin ruh va vatanparvarlik tuyg‘ulariga boy tarzda o‘tdi.
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan maqsad yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, xalqimizni yagona Vatan bayrog‘i ostida birlashtirishdan iborat.