Maxfuza Yuldasheva,
siyosiy fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD), “Ma'rifat” targ'ibotchilar jamiyati a'zosi
Har qanday davlatning haqiqiy qudrati uning qurol-yarog‘i, iqtisodiy kо‘rsatkichlari yoki hududining kengligi bilangina о‘lchanmaydi. Davlatning tarixiy va ma’naviy salmog‘i, avvalo, uning eng ojiz, о‘zini о‘zi himoya qilishga qodir bо‘lmagan fuqarolariga ya’ni, bolalarga qanday munosabatda bо‘lishida namoyon bо‘ladi. О‘zbekistonda bolalarga nisbatan zо‘ravonlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytiruvchi yangi qonunning qabul qilinishi aynan ana shu haqiqatning huquqiy va siyosiy ifodasidir.
Bu qonun oddiy normativ о‘zgarish emas. U jamiyatga aniq va murosasiz siyosiy signal beradi: bolaga qо‘l kо‘tarish, uning sha’ni va qadr-qimmatini toptash hech qanday “tarbiya”, “oilaviy ish”, “ichki masala” yoki “uyat bо‘lmasin” degan bahonalar bilan oqlanmaydi. Davlat bu masalada betaraf kuzatuvchi emas, balki bolaning yonida turuvchi himoyachidir.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub