3-dekabr — Xalqaro nogironligi bölgan şaxslar kuni munosabati bilan «Ma’rifat haftaligi» hamda «Fuqarolik haftaligi» doirasida «Birgamiz, imkoniyatlarimiz teng!» şiori ostida ma’rifiy va madaniy tadbir bölib ötadi.
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ma’rifat» tarğibotçilar jamiyati hamda Özbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur tadbir inson qadrini uluğlaş, nogironligi bölgan yoshlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning iste’dod va salohiyatini namoyon etish, jamiyatda teng imkoniyatlar, mehr-oqibat va ijtimoiy birdamlik muhitini mustahkamlaşga qaratilgan.
Tadbir dasturidan ijodiy körgazmalar, musiqiy çiqişlar, bayram konserti hamda rang-barang madaniy-ma’rifiy dasturlar örin olgan. Bayram konsertida Özbekiston xalq artistlari, xizmat körsatgan san’atkorlar, taniqli ijodkorlar hamda «Ma’rifat» tarğibotçilar jamiyati a’zolari ishtirok etib, öz san’ati va ijodi bilan tadbirga bayramona ruh, öziga xos fayz bağışlaydi.
Azizlar keling, mehr va e’tiborli bölaylik. Zero, har bir insonning qadri, orzu-intilishlari va imkoniyatlari e’tiborga loyiq.
Biz birgamiz — imkoniyatlarimiz teng!
📅 3-dekabr
🕑 Soat 14:00
📍 Toshkent shahri, Yoshlar ijod saroyi (Mustaqillik shoh köçasi, 2-uy)