Qöqon şahridagi Xudoyorxon saroyi özining betakror me’morçiligi bilan ajralib turishini bilarmidingiz?
Qöqon şahrida joylaşgan Xudoyorxon saroyi XIX asrning eng ajoyib me’moriy yodgorliklaridan biridir. Saroy 1863–1873-yillarda Qöqon xoni Xudoyorxon buyruği bilan qurilgan.
Saroyning eng diqqatga sazovor jihati – uning rang-barang koşinkor bezaklari, nafis naqşlari, yoğoç öymakorligi va baland peştoqidir.
Qiziği şundaki, saroy dastlab 7 ta hovli va 119 ta xonadan iborat bölgan. Bugungi kungaça uning faqat bir qismi saqlanib qolgan.
Bugungi kunda Xudoyorxon saroyi nafaqat Qöqonning, balki butun Özbekistonning muhim tarixiy va me’moriy meroslaridan biri hisoblanadi.
📌Har bir naqsh — tarixdan suylaydi.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub